VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN
Yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan ushbu shior ostida bayram shodiyonalari davom etmoqda. Ayniqsa, bu tadbirlar mahallalarda uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, shu munosabat bilan tashkil qilingan tadbir “Yermachit”,“Zarafshon” va "Miyonkol" mahallalarida ham ko‘tarinki tarzda o‘tkazildi.
Mahalla faollari, nuroniylar taklif etilgan tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Bugun amalga oshirilayotgan mahallalardagi bunyodkorlik ishlari, barcha islohotlar aholining baxtiyorlikda yashashi yo‘lidagi saʼy-harakatlar ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, tadbir davomida mahallani obod qilish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda munosib hissa qo‘shgan tadbirkorlarning xizmatlari eʼtirof etildi va shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari taqdim etildi.