insurez
06-05-2024 10:03

Vatan o'z qahramonlarini unutmaydi!


Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Kattaqo‘g‘on garnizoni harbiy xizmatchilari va Kattaqo'rg'on Mudofaa ishlari bo'limi mutasaddilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 2000-yilda Surxandaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarining tog'li hududlarida mamlakatimiz tinchligini buzishga qaratilgan tahdidlarni qaytarishda jasorat ko'rsatgan hamshahrimiz Ulug'bek Barnoyevning xonadonida bo‘lishdi. 

Tashrif buyurganlar U.Barnoevning ota-onasining holidan xabar olib, Mudofaa vazirligi tomonidan pul mablag‘lari hamda o‘zlarining esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -