insurez
18-02-2025 14:11

UCH AVLOD VAKILLARI DILDAN SUHBAT QILISHDI


SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Nuroniy" jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Taniqli ijodkorlar, yozuvchi va publitsistlar hamda jamoat arboblari Shavkat Mahmadmurodov hamda Ismat Ko‘chiyevlar mehmon bo‘lgan uchrashuvni "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari Tohir Hamidov olib bordi. 

Uchrashuv qizg‘in ijodiy muloqot shaklida, qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Faxriylar ona Vatanni sevish va ardoqlash, sadoqat bilan el manfaati uchun xizmat qilishning saodati haqida, ilm, kasb-hunar egallashning afzalliklari to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berishdi.


 

Teglar
- -