insurez
26-02-2025 14:22

"TURON" MAKTAB TEATRI RESPUBLIKA TANLOVINING KATTAQOʻRGʻON SHAHAR G‘OLIBLARI ANIQLANDI


Xabaringiz bor Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilgan edi.

Kattaqoʻrgʻon shahar Drama teatrida "TURON" maktab teatri tanlovining Kattaqoʻrgʻon shahar bosqichida shahar hokimi oʻrinbosari J.Gʻaniyev ishtirok etib, gʻolib boʻlgan jamoaga viloyat hamda respublika bosqichiga omad tiladi.

🏆 Tanlov natijalariga koʻra:

🥇-oʻrin 2-IDUM jamoasi 
🥈-oʻrin 14-IDUM jamoasi 
🥉-oʻrin 4-maktab jamoasi egallashdi

 Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarda notiqlik san'ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. 


 

Teglar
- -