insurez
03-11-2025 17:57

To‘y va marosimlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama qilindi


Iqtisodiy jihatdan foydasiz va me’yordan tashqari bo‘lgan har qanday sarf-xarajat isrofdir.

Bugun, "Ko‘hnadam" mahallasida to‘y-hashamlar va marosimlarni ixchamlashtirish, isrofgarchiliklarning oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, “Mahalla” uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Raxmonov, shahar bosh Imom xatibi A.Nazarov, mahalla yettilik a’zolari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 sentabrdagi 589-son qarori mazmuni hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish, milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan turli urf-odatlarga chek qo‘yish muhimligi xususida so‘z bordi. 

Shuningdek, isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymaslik— nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi, balki jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishi, shu bois, to‘y va marosimlarni me’yorda, oddiy va mazmunli o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Teglar
- -