To’y-marosimlarda isrofgarchilikning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Bugun, Kattaqo’rg’on shahar hokimligida to‘y-hashamlar va boshqa marosimlarni ixchamlashtirish, isrofgarchiliklarning oldini olish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘ti.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o’rinbosarlari, tegishli mas’ullar, mahalla faollari, madaniyat va san’at xodimlari, nuroniylar, otinoylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda shahrimizda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil boʻladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 589-son qarori ijrosi hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish yuzasidan muhokama o’tkazildi.




