insurez
08-10-2025 15:39

TOPSHIRIQLAR IJROSIGA DOIR VAZIFALAR BELGILANDI


Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Xoliqov Abduvali Jonizoqovich raisligida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda respublika oliy ta’lim muassasalarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi:
Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talaba uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovini o‘tkazish;
O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti tanlovini tashkil etish;
Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan ishlab chiqilgan, talaba va bitiruvchilarga muvaffaqiyatli kasbiy yo‘l tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan https://careercentre.uz platformasini joriy etish;
“Kelajakka qadam” dasturidagi vazifalarni 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ularning biznes loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirishga ko‘maklashish;
Oliy ta’lim muassasalaridagi karyera markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 8-oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sh.Urakov institut prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda yuqorida belgilangan vazifalar muhokama qilinib, ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar va ijro mexanizmlari belgilab olindi.
Mazkur topshiriqlarning samarali ijrosini ta’minlash institut jamoasining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

Teglar
- -