insurez
09-07-2024 11:56

Topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar ishtirokida viloyat hokimining videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilish kun tartibidagi masala, ya’ni, imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklarni undirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z sektori hududidagi mahallalardagi faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida hokim yordamchilarining ushbu yo‘nalishdagi ishlar bo‘yicha ma’lumotlarini eshitdi va bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -