insurez
12-02-2025 16:39

Tomorqadan samarali foydalanish bo'yicha ko'rgazmali seminar


Seminar ishtirokchilari Samarqand tumanida tomorqa va dehqon xo‘jaligi yo‘nalishlarida aholini o‘qitish, yerga ishlov berish, mahsulotlarni yetishtirish va sotishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanayotgan “SAM AGRO CENTER” MCHJ faoliyati bilan ham tanishdilar.
Bu yerda dastlab Samarqand viloyatidagi og‘ir toifadagi mahallalarga zarur bo‘lgan 40 ta mini traktorlar topshirildi. 
Tomorqa va dehqon xo‘jaliklari uchun 12 turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, AQSH, Turkiya, Ispaniya, Fransiya, Rossiya davlatlaridan keltirilgan jami 25 turdagi F-1 reproduksiyali, serhosil va kasallikka chidamli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarning urug‘lari namoyish etildi. Turkiya va Rossiya davlatlaridan jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan Samarqand tumanidagi tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish uchun 45 nafar agronomlarni o‘qitish jarayonlari kuzatildi.

 

Teglar
- -