TOMORQA-DAROMAD MANBAI!
Tomorqa daromad manbai desak, xato bo‘lmaydi. Bugun uyidagi ozgina bo‘lsada tomorqasidan daromad topayotgan insonlar ko‘p oramizda. Kattaqo‘rg‘on shahrida ham ko‘plab oilalar tomorqalaridan daromad qilmoqda. Bunda hokim yordamchilarining ko‘maklari muhim bo‘lmoqda.
Shahrimizning 3-sektor hududidagi “Nurobod” mahallasi Munis ko‘chasi 5 uyda yashovchi Xoliqov Berdiraxmon xonadonida o‘tkazilgan seminar ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari G‘ulom Islomov, sektordagi barcha mahallalar yettiligi, ma’sul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Mazkur xonadonda limon yetishtirish samarali yo‘lga qo'yilgan va 4 yildan buyon bu faoliyat bilan shug‘ullanib, yaxshi daromad olinmoqda. Ushbu seminar davomida mahallalar yettiligi o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarni olishdi.