TO'GARAKLAR FAOLIYATI: BO'SH VAQTNI SAMARALI TASHKIL QILISH O'Z NATIJASINI BERMOQDA!
Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida tashkil etilgan to'garaklar o'z natijasini ko'rsatmoqda.
O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi qoshida tashkil etilgan "Yosh tilshunos" to'garagining 10 nafardan ortiq a'zolari yuqori natija qayd etdi.
To‘garak rahbari M. Rustamov boshchiligida O'zbek tili va adabiyoti fanidan A+, A va B+ darajadagi Umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi Milliy sertifikatlarni qo'lga kiritdi.
Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov talabalarni tabriklab, to'garak rahbariga minnatdorlik bildirdi.