TILIMIZ MADHI IJODKORLAR NIGOHIDA
Shahrmizdagi 2-IDUM o‘quvchilari bilan “Kelajak soati” doirasida “21 oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.
Faxriy jurnalist Fazilat Abdullaeva ishtirokidagi suhbat mazmunli bo‘ldi. Uchrashuv davomida shoira faxrimiz va g‘ururimiz bo‘lgan Ona tilimizning ahamiyati, yurt rivoji, millat taraqqiyoti yo‘lidagi ahamiyati haqida dil so‘zlarini bildirdi. Uni asrash va rivojlantirish har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladi.
O‘zbek tilining qadri, go‘zalligi va millatning yuragi ekanini his qilgan yoshlar ham unga bo‘lgan muhabbatlarini go‘zal she’rlar, turli iboralar orqali bayon qildilar.
“Ona tili — millat iftixori!” shiori ostidagi o‘quvchilarning she’riy chiqishlari tadbirga shukuh bag‘ishladi.




