TIBBIYOT XODIMLARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI
Shifokorlar timsolida xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.
Bugun Kattaqo'rg'on shahar Tibbiyot birlashmasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlashga hayotini bag‘ishlagan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova soha vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab, aholi salomatligini muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi samarali mehnatlarini alohida e’tirof etdi.
Bir guruh tibbiyot xodimlariga shahar hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so'ng tadbirning badiiy qismida poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar va xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz tibbiyot xodimlari!




