insurez
30-04-2024 17:34

TASHQI MIGRATSIYADAGI FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MUHIM


Avval xabar berganimizdek, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash” hamda “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqichi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar shtabi tashkil qilingan.

Bugun shahrimizga tashrif buyurgan viloyat shtabi rahbari, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi F.Xanapiyaev hamda shtab rahbari o‘rinbosarlari S.Rafiqov va U.Nazirovlar shahar shtabi a’zolari bilan uchrashdilar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Ayni kunlarda shahrimizda “Mahalla yettiligi” tomonidan tashqi migratsiyada bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini o‘rganish, migratsiyadan qaytgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha xatlov jarayonlari ketmoqda.

Viloyat shtabi a’zolari ushbu xatlov jarayonlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgan holda ishchi guruh va “Mahalla yettiligi” vakillari bilan mas’ul tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bu orqali tashqi migratsiyadagi fuqarolar hamda ularning oila a’zolari bilan individual ishlash bo‘yicha tavsiya va tushunchalarini berdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -