insurez
03-05-2024 15:27

Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan seminar o‘tkazildi


Bugun shahrimizdagi 2 – umumta’lim maktabida umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘quv- seminari o‘tkazildi.
Unda shahar hokim o‘rinbosari J.Nosirov, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Sultonov hamda maktab direktorlari va o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Seminarda so‘zga chiqqan shahar hokimi o‘rinbosari J.Nosirov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Sultonovlar seminarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdilar.

Seminarda umumta’lim maktablarida  tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 
Shuningdek,  tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -