TARAFLARNING KELISHUVIGA KO‘RA MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mehnat kodeksi 157-moddasi mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish tartibini belgilaydi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart.
Taraflarning rekvizitlari MK 107-moddasida belgilab o‘tilgan.
MK 157-moddasi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi kelishuvni bekor qilishga, shu asosga ko‘ra mehnat munosabatlarini tugatish sanasini o‘zgartirishga xodim va ish beruvchining kelishuvi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi ya’ni kelishuvni bekor qilishga yoki mehnat munosabatlarini tugatish sanasini o‘zgartirishga bir tomonlama yo‘l qo‘yilmaydi.
Kattaqo’rg’on shahar adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuristkonsulti T.Abdullayev