insurez
27-03-2025 14:40

TANLOV O‘TKAZILDI


Bugun shahrimizdagi umumta’lim maktablari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni ochib berish uchun shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, viloyat MMTBdan mas’ul O.Marupov hamda shahar MMTB boshlig‘i A.Daminov, maktab direktorlari hamda ota-onalar qatnashdilar. 

Viloyat bo‘yicha bir vaqtning o‘zida boshlangan test jarayonlarida shahardagi barcha umumta’lim maktablarining 70 nafar 7-9-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. 
⚡️Xorijiy til darajasini bilishga qaratilgan test topshiriqlari 7-9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Test topshiriqlari xalqaro ta’lim standartlariga ko‘ra osondan qiyinga tomon tamoyili asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqdan iborat bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -