insurez
03-11-2025 14:54

TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI


Kattaqo‘rg‘on shahri o‘zining ajoyib non va shirinliklari bilan mashxur. Bugun shahar hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan rasmlar tanlovida yoshlar Kattaqo‘rg‘onning non va shirinliklarini chizgan suratlarida talqin qildilar. 

O‘quvchilar bilan suhbatlashgan hokimlik vakillari va hay’at a’zolari  tanlovning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Tanlov nizomi va shartlar bilan tanishtirdilar. Yuqori saviyada tashkil qilingan ushbu tanlovlarda o‘quvchilar o‘zlarining yuksak iqtidorlari va iste’dodlarini namoyon etdilar.

Natijalarga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan o‘quvchilar g‘oliblar safidan o‘rin olishdi. Ya’ni, “Kattaqo‘rg‘on non va shirinliklari” rasmlar tanlovida 14- maktab o‘quvchisi Bobur Mamadaliev 1-o‘rinni, 2-maktab o‘quvchisi A’zamjon Ravshanov 2-o‘rinni va 6-maktab o‘quvchisi Samir Sattarov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shahar hokimi o‘rinbosarlari J.G‘aniev hamda Sh.Kuchkarova g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Teglar
- -