insurez
29-05-2024 14:10

TA'LIMGA E'TIBOR - KELAJAKKA E'TIBOR DEMAKDIR


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova Samarqand Davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘ldi. Dastlab ushbu ta’lim muassasasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, filialning yangi o‘quv binosidagi auditoriyalar hamda Ma’naviyat va ma’rifat xonasining jihozlanishi, bu yerda talabalarning munosib ta'lim olishidagi mavjud sharoitlari bilan tanishdi.

Shuningdek shahar hokimi, uch yil oldin Kattaqo‘rg‘on shahrida birinchi marta tashkil etilgan mazkur Oliy ta’lim dargohida bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibordan ekanligini ta’kidlab, filialning yanada rivoj topishi va yurtimizga ko‘plab yetuk mutaxassis kadrlarni yetkazib berishiga tilak bildirdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -