Ta’limda erishiliyotgan natijalar
Shahrimizdagi 11-IDUM da hozirgi kunda 1884 nafar o’quvchi tahsil olib, shundan 867 nafari qizlardir. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish borasida maktab direktori Ozoda Salimovaning sa’y-harakatlarini etirof etish o’rinli.
Xususan, maktabda o‘quvchilarni ikkinchi xorijiy til sifatida Yapon tilini va sartaroshlik, duradgorlik, tikuvchilik kabi kasb-hunarga o’rgatish sinflari ham tashkil etilgan. Maktabni o’tgan o‘quv yilida tugallagan 87 nafar bitiruvchilarni 79 nafari OTMga qabul qilingan.
Respublika Milliy gvardiya qumondonligi hamkorligida maktabda 5 ta harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil qilinib, maktab jamoasi har yili viloyat miqyosidagi “Yosh gvardiyachi” musobaqasida 1-o’rinni egalllab kelmoqda.
Shuningdek, maktab jamoasi “Zamin” Xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha grant yutib, fond tomonidan maktabda issiqxona qurilib, jihozlangan.