insurez
14-01-2025 15:16

Ta’lim va tadbirkorlik loyihasi


Kuni kecha shahar Madaniyat saroyida “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy markazi Kattaqo‘rg‘on fiiali tomonidan shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida “Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik” loyiha doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda tegishli mutasaddilar va shahar mahallalaridan taklif etilgan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan shahar hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shaxlo Kuchkarova bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor, ularni bandligini ta’minlash va shu maqsadda tashkil qilinayotgan turli loyihalar haqida to‘xtaldi.

Loyiha maqsadi: hududlardagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan ayollar va yoshlarni tadbirkorlik bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, moliyaviy manbalardan foydalanish orqali ularning farovonligini oshirishga qaratilgan. 


 

Teglar
- -