Ta’lim muassasalaridagi qurilish ishlari qanday ketmoqda?
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari va mas’ullar hamrohligida shahrimizning 6-umumta’lim maktabining qo‘shimcha yangi o‘quv binosida hamda 18-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish va jihozlash ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ushbu ob’ektlarda amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli bajarilishi va kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.