22-02-2025 13:36
TALABAMIZ KURASHDA RAQIBLARIDAN USTUN KELDI
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Talabalar ligasi” doirasida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda SamDU Kattaqo'rg'on filiali O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Hayitova Gulcheroy Abduhalil qizi muvaffaqiyatli qatnashib, o'z vazn toifasida faxrli 2-o'rinni egalladi.