insurez
03-02-2025 10:06

Talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi


Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, shahar Xalq qabulxonasi, Yoshlar agentligi shahar bo‘limi hamkorligida Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvarda qabul qilgan “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilinishi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bevosita tanishish hamda qiziqishlarini o‘rganish maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining talabalar turar joyida profilaktik-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, yoshlar bilan suhbat davomida ularni dars qilish, ovqatlanish sharoitlari ko‘zdan kechirilib, odob axloq qoidalari va tungi vaqtlarda ko‘chada bemaqsad yurmaslik borasida muhim tavsiyalar berildi hamda ta’lim olishga e’tiborli bo‘lishlari ta’kidlandi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -