insurez
09-12-2025 11:20

Talabalar uchun maxsus o‘quv kursi: Barqaror rivojlanish va Islom ma’rifati


2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalariga “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur kursning asosiy maqsadi – talabalarda Prezident nutqlaridagi asosiy g‘oyalarni chuqur anglash, xalqaro islomshunoslik yondashuvlarini o‘rganish, tinchlik va barqaror rivojlanish tamoyillarini yetkazish hamda Islom ma’rifatining jahon miqyosidagi o‘rni va ahamiyatini kengroq tushuntirishdan iborat.

Teglar
- -