insurez
11-10-2024 14:32

TALABALAR TURLI TAHDID VA ILLATLARDAN OGOH ETILDI


Separatizm, millatchilik va shovinistik harakatlar, din niqobidagi ekstremizm,  “ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka qarshi qaratilgan adovatning avj oldirishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik kabi qator ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha turkum ma’naviy-mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bois Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetida ushbu mavzularga bag'ishlangan profilaktik tadbir tashkil qilindi. Unda filial profilaktika inspektori X.Haydarov, "Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorati bo'limi" boshlig'i E.Xudoyqulov, dekan o'rinbosari J.Abduraxmonov, tyutor B.Ochilov so'zga chiqib, talabalarga muhim ma'lumotlarni yetkazdi.

 

Teglar
- -