insurez
09-09-2025 08:23

Talabalar turar joyida badantarbiya mashg‘ulotlari


Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining talabalar turar joyida muntazam ravishda badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda. Mazkur mashg‘ulotlarda talabalar tonggi mashqlar, yugurish, umumiy jismoniy tayyorgarlik va turli sport elementlari bilan shug‘ullanmoqda.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy salomatlikni mustahkamlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlashdan iborat.

Bunday mashg‘ulotlar talabalarning nafaqat sog‘lom, balki ma’naviy barkamol shaxs sifatida kamol topishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kattaqo'rg'on davlat Pedagogika instituti Matbuot xizmati.

Teglar
- -