TALABALAR MAHALLA BILAN TANISHDI
"Dolzarb 90 kun" doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining bir guruh talabalari Kattaqo‘rg‘on shahridagi Amir Temur mahallasiga borishdi.
Fakultet dekani o‘rinbosari J.Abduraxmonov, yo'nalish tyutorlari A.Klichev va N.Turayeva, filial profilaktika inspektori X.Haydarov hamrohligida mahallada bo‘lgan talabalar masʼullar bilan suhbatda bo‘lishdi. Ularning faoliyati, yoshlar, xotin-qizlar bilan ishlash chora-tadbirlari bilan tanishdi. Mahalla hayoti, mahalla yettiligi va ularning vazifalari bilan yaqindan tanishtirildi.