insurez
18-07-2025 14:34

TADBIRKORLARNING MUAMMOLARI O'RGANILDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. Qabulda shahar hokimining o’rinbosarlari, Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi boshlig’i hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.  

Unda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlar faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish, ishchilar bilan ta'minlash, qurilish, kadastr va boshqa shu kabi masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida qatnashgan 10 dan ortiq tadbirkorlarning qilgan murojaatlarini 5 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -