TADBIRKORLAR VA AHOLINING MUAMMOLARI O'RGANILDI 55
Bugun shahrimizdagi “Go’zalkent” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida tadbirkorlar qabuli hamda aholi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Qabulda Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi boshlig’i hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.
Unda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda “Go’zalkent” mahalla aholisining murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlar faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish, ishchilar bilan ta'minlash, qurilish, kadastr, ekologik va boshqa shu kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida qatnashgan 10 dan ortiq tadbirkorlar va aholi vakillarining qilgan murojaatlarini 3 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.