insurez
12-02-2025 17:41

Tadbirkorlar qabuli o’tkazildi


Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o’rinbosarlari va Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. 
Unda tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.  
Murojaatlar faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish, yer olish va boshqa shu kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida tadbirkorlarning ayrim masalalari joyida ijobiy hal etildi hamda qolganlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Teglar
- -