TADBIRKORLAR MUAMMOLARI O"RGANILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimining birinchi o’rinbosari I.Mamatov, Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodiyeva, Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi boshlig’I S.Ozodov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli o’tkazildi.
Unda tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlar faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish, yer olish va boshqa shu kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida tadbirkorlarning ayrim masalalari joyida ijobiy hal etildi hamda qolganlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.