insurez
12-12-2025 15:52

Tadbirkorlar bilan uchrashuv: soliqqa oid yangiliklar va raqamli xizmatlar bo‘yicha amaliy tushuntirishlar


Kattaqo‘rg‘on  shahridagi “ Samkat Davron ” MChJ da tadbirkorlari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori (https://lex.uz/docs/7681520)  ijrosi va elektron platformalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish va onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida raqamli platformalar, jumladan, Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlari va mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berilib, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish tadbirkorlar faoliyatini sezilarli darajada yengillashtirishi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -