insurez
11-08-2025 11:14

Tabriklaymiz


2017-yildan buyon avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. 

Samarqandda quruvchilarning kasb bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi va fidokorona xizmatlari uchun bir guruh quruvchilarni taqdirladi.

Jumladan, Kattaqo’rg’on shahar hokimining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosari Jamshid Axmedovga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg’asi topshirildi.

Teglar
- -