insurez
11-04-2025 16:55

Tabrik


Ijtimoiy himoya milliy agеntligi tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari o'rtasida “Eng faol ijtimoiy xodim” rеspublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda tanlovning tuman va shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 1000 nafarga yaqin ijtimoiy xodimlar ikki yo'nalish bo'yicha bеsh bosqichda bеllashdi.

Quvonarlisi tanlov natijasiga ko'ra, “Eng faol ijtimoiy xodim” yo'nalishida mutloq g'oliblikni shahrimizdagi Amir Tеmur hamda “Vatanparvar” mahallalarida ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan  shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Sirojiddin Sharopov qo'lga kiritdi.

Diplom, pul mukofoti bilan taqdirlanib, tanlovning rеspublika bosqichida qatnashish huquqIni qo'lga kiritgan hamshahrimiz Sirojiddin Sharopovga omad tilaymiz.

Teglar
- -