insurez
15-04-2024 16:36

KITOB TAQDIMOTI


Kitob – inson tafakkurini, bilimini yuksaltiruvchi eng buyuk neʼmatdir. o‘qish insonga beqiyos maʼnaviy boylik inʼom etadi. Barcha sohada bo‘lgani kabi, harbiy xizmatchilar orasidayam kitobxonlik bo‘yicha bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ularda el sevgan ijodkorlar, jurnalistlar, shoir va yozuvchilarning qatnashishi esa barchaga zavq bag‘ishlaydi.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun SamDU Kattaqo’rg’on filialida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoir, publitsist, tarjimon Toshpulat Tugalovning “Surur” hamda  "Umr karvoni" nomli sheʼriy to‘plamlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

To‘plamdan o‘qilgan sheʼrlar kitobsevarlar qalbidan joy oldi.
Tadbir so‘nggida Toshpo‘lat Tugalov o‘z kitoblarini filial kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Teglar
- -