23-05-2024 10:46
                   
                   Tayinlov
Sunnatov Nagʻmatillo Baxtiyor oʻgʻli shahar hokimining 2024 yil 16 maydagi 186-7-106-Q/24 sonli qaroriga koʻra Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar N.Sunnatov Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi shahar boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.
                        



