🌿SUMALAK -SEVIMLI NAVRO‘Z TAOMI
Bahor kelishi bilan azaldan momolarimiz tomonidan Navro‘zning sevimli taomi Sumalak tayyorlangan. Zero, Sumalak – birdamlik, hamjihatlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni yuksaltirgan.
Bu an’ana Kattaqo‘rg‘on shahrida ham o‘z ifodasini topgan. “Miyonkol” mahallasida xotin-qizlar tomonidan Sumalak taomining tayyorlanishi ham xaqlimizga xos bo‘lgan ezgu an’analarni o‘zida mujassam etdi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova xalqimizning sevimli, bahoriy taomi bo‘lgan Sumalakning o‘ziga xos bo‘lgan hislatlarini alohida ta’kidladi. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lishi va doim mana shunday qadriyatlarimizni boqiy bo‘lishini tilab duo qildilar.