insurez
11-05-2024 11:40

Soliq ma’murchiligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi


Bugun shahar Soliq inspeksiyasi binosida soliq ma’murchiligi bo‘yicha “mahallabay” tizimini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Alisher Haydarov, viloyat Soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Baxrom Hamedov, shahar sektor rahbarlari, mahallalar raislari, hokim yordamchilari, soliq inspeksiyasi xodimlari va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida mol-mulk va yer solig‘i, deklaratsiya va qat’iy soliqlarni undirishni tashkil etish, joylarda savdo intizomiga rioya qilinishi, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishi, korxonalarda xodimlar bandligi bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi hamda bu borada mas’ullarga tegishli vazifalar berildi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -