SOG‘LOM AYOL - SOG‘LOM JAMIYAT
Xotin-qizlar salomatligi bugungi kunning dolzarb masalasi. Zero, sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Sog‘lom ayol- sog‘lom jamiyat, sog‘lom oila demakdir. Shu maqsadda tashkil qilinib kelinayotgan sog‘lomlashtirish darslarida xotin-qizlar faol qatnashmoqdalar.
Jumladan, shahrimizdagi “O‘rikzor” hamda Amir Temur mahallalarida bo‘lib o‘tayotgan ana shunday darslarda muntazam ishtirok etib kelayotgan mahalla ayollari, uy bekalari bundan mamnunlar.
Ular bu kabi sport mashg‘ulotlari ularning salomatliklarini asrashi bilan birga jismoniy faolliklarini oshirishda katta yordam berayotganligini ta’kidladilar.
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.
                        



