insurez
23-10-2024 16:54

SIZ TO'G'RI YO'LDASIZ...


"Halollik, bolaga mehr bizni izzat-ikromga, mukofotlarga sazovor qildi"

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, sport kafedrasi tomonidan "Kasbim mening — faxrim mening!" shiori ostida maktabgacha ta'lim yo'nalishida samarali mehnat qilib kelayotgan mutaxassislar hamda talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

Kattaqo'rg'on shahrida DMTT tarbiyachilari 2002-yilning eng yaxshi tarbiyachisi  A.Yakubova (respublika 1-o'rin), 2023-yilning eng yaxshi tarbiyachisi M.Ikromova (respublika 3-o'rin), 2024-yilning eng yaxshi tarbiyachisi N.Ochilova (respublika 3-o'rin) ushbu uchrashuvga taklif qilindi. 

O'z faoliyatidan saodat topgan, hayotining mazmunini bolalarga mehr berish, ularga cheksiz g'amxo'rlik ko'rsatishdan elda hurmat qozongan ushbu yetuk mutaxassislar bilan muloqot qizg'in o'tdi. Talabalarda o'zi tanlayotgan kasbga bo'lgan hurmat, ehtirom yanada ortdi.

Teglar
- -