insurez
08-08-2025 10:55

SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Dastlab, yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni ,“Qadriyatim” rukni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi. 

Shuningdek shahar hokimi G.Alimova tomonidan siyosiy-ma’rifat soati ishtirokchilariga ijro intizomi va “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha” qaror yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berilb, dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -