SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Dastlab, hafta davomida yurtimizda va jahonda ro‘y bergan asosiy voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatida Samarqandda boʻlib oʻtgan sammitining mohiyati,“Qadriyatim” rukni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi.
Shuningdek shahar hokimining birinchi o'rinbosari I.Mamatov tomonidan o‘quv soati ishtirokchilari bilan murojaatlar tahlili va ijro intizomiga rioya qilinishi bo’yicha tavsiyalar berilb, dolzarb masalalar muhokama qilindi. “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha” qaror yuzasidan tushuncha berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.