SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Siyosiy-ma’rifat soatida dastlab, hafta davomida yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni , Davlat boshqaruv tizimidagi isloxotlar, M-dayjest, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi.
Shuningdek shahar hokimining birinchi o'rinbosari I.Mamatov tomonidan o‘quv soati ishtirokchilari bilan murojaatlar tahlili va ijro intizomiga rioya qilinishi bo’yicha tavsiyalar hamda shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Mamatov tomonidan Prezidentimizning joriy yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-sonli Farmoni mazmun mohiyati yuzasidan tushuncha berildi.