insurez
03-05-2024 10:21

SIYOSIY –MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida navbatdagi siyosiy- ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa apparat xodimlari ishtirok etidlar.
Dastlab, ishtirokchilar e’tiboriga yurtimizda ro‘y bergan siyosiy voqealar va jarayonlar haqidagi xabarlar namoyish etildi. Shundan so‘ng huquqiy axborot ruknida bir xafta davomida qablu qilingan qaror va farmonlar sharhi bilan tanishdilar.

Shuningdek, o‘quv soati davomida mutaxassislar tomonidan Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini saqlash borasidagi tavsiyalar berildi.
O‘quv soati yakunida apparat xodimlaridan Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan diktant olindi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -