Shijoatli avlod – mustahkam armiyaning poydevori!
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Mahallalar uyushmasi ,Yoshlar ishlari bo'limi va harbiy qism hamkorligida shahardagi 18-22 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining shahar bosqichi o'tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, jamoaviylik va qat’iyatlilik bobida o‘zaro kuch sinashdi. Harbiy xizmatga oid ko‘nikmalar, sport sinovlari va bilim asosidagi topshiriqlar ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni yanada kuchaytirdi.
🇺🇿Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan ushbu harbiy-sport musobaqalarda bugungi kunga qadar ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etish istagini bildirgan. Bu esa yoshlarimizning Vatanga bo‘lgan yuksak sadoqatini va sog‘lom raqobatga tayyor ekanini yaqqol namoyon etadi.
Mazkur harbiy-sport musobaqa yakuniga ko'ra natijalar quyidagicha bo'ldi:
🥇-o'rin Yakkabog' mahalla yoshlari;
🥈-o'rin Miyonkol mahalla yoshlari;
🥉-o'rin Noqis nomli mahalla yoshlari qo'lga kiritdi.