"SHAXMAT FЕSTIVALI" VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
Samarqand viloyati"Barkamol avlod" bolalar maktabida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida "Shaxmat festivali" musobaqasi viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, qiz bolalar o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 19-DMTT tarbiyalanuvchisi S.Tolibjonova, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Samarqand shahridagi 106-DMTT tarbiyalanuvchisi I.Farhodovlar egalladi.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov g‘oliblarni tabrikladi va mashhur shaxmatchilar, chempionlar yеtishib chiqishiga tilak bildirdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.