Shahrimizning markaziy va ichki koʻchalarida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 665 –sonli qaroriga asosan Obodonlashtirish boshqarmalarida Ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash uchastkalari tashkil etildi.
🔹Xususan, Kattaqoʻrgʻon shahar Obodonlashtirish boshqarmasida ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash boʻyicha alohida boʻlim tashkil etilib, 6 nafar mutaxassis va ishchi xodimlar hamda maxsus texnika bilan taʼminlandi.
🔹Ushbu boʻlim xodimlari va texnikasi tomonidan koʻchalarni taʼmirlash ishlari boshlangan boʻlib, bugun shahrimizning Oʻzbekiston va Alisher Navoiy koʻchalarini joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.