insurez
08-05-2024 19:20

SHAHRIMIZDA YANGI ZAMONAVIY MASSIV QURILADI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrining Yermachit mahallasi hududida yangi zamonaviy massiv qurilishiga start berildi. “NEW KURGAN CITY” qurilish korxonasining “MAKON CITY” loyihasi asosida 5,5 gektar joyda jami 980 xonadonli 26 ta zamonaviy usuldagi 5 qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida 1-bosqichda 2024-2025 yil 4 choragida 6 ta hamda 2-bosqichda 2027 yilgacha yana 20 ta aholi yashashida barcha qulayliklarga ega bo’lgan uylar barpo etilishi belgilangan. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur qurilishning boshlanishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini hamda bu yerda aholiga munosib sharoitlar yaratilishi va boshlanayotgan ishlarni xayrli bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.    

Shundan so‘ng maxsus texnikalar yordamida qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -