Shahar yoshlar ishlari bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi
Bugun Kattaqo'rg'on shahar hokimligida mahalla yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi yuzasidan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova va viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab yetakchilarning yil yakunlariga doir faoliyati o‘rganildi va mahallabay tahlil etildi.
Shuningdek, uchrashuvda tashkiliy masala koʻrilib, Kuziyev Begzod Bekmurodovich Kattaqo'rg'on shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
B.Kuziyev tayinlovga qadar, Kattaqo‘rg‘on shahar yoshlar ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Uchrashuv davomida so’z olganlar shahar yoshlarini ijtimoiy faolligini oshirish, vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirish lozimligi haqida to’xtalishdi.